Birinchi sir
                FIKR QUVVATI
Ertasi kuni yigitcha ro'yxatdagilarning barchasiga qo'ng'iroq qilib chiqdi. U asabiylashardi va o'ziga butunlay notanish kishilarga qo'ng'iroq qilib, ulardan "Haqiqiy Muhabbat sirlari" to'g'risida so'rayotganidan juda xijolat bo'lardi. Lekin ularning barchasi gap nima haqida borayotganidan boxabarligi va qo'ng'iroq qilganiga chin dildan xursand bo'lganliklari uni g'oyatda ajablantirdi. Bu kishilarning har biri bilan keyingi bir necha hafta davomida navbatma-navbat ko'rishishga kelishib oldi. Yigitcha ro'yxatdagi birinchi kishi bilan uchrashishga, ayniqsa qiziqardi. Doktor Xyuga Pachia nafaqaga chiqqan, akademik davralarda insoniy munosabatlar bo'yicha o'zining ochiqchasiga bahslashlari bilan tanilgan sotsiologiya fani professori edi. Bu mavzu bo'yicha u bir nechta bestseller (eng xaridorgir kitoblar) yozgandi va uni radio hamda televizion intervyularga tez-tez chaqirib turishardi. Doktor Pachia fikrlarining ma'nosi shundan iborat ediki, insoniyat ilmiy va iqtisodiy taraqqiyot ketidan quvib, hayotning eng muhim tomoniga e'tiborni susaytirdi. U Kri hindularining qadimiy bashoratlaridan tez-tez parchalar keltirardi:
Eng so'nggi daraxt kesilgan chog'dagina,
Eng so'nggi daryo zaharlanganidagina,
Eng so'nggi baliq tutilganidagina,
Faqat o'shandagina pulni
yeb bo'lmasligi ma'lum bo'ladi.
 Doktor Pachia oltmish besh yoshlardagi kirishimli, barvasta kishi edi. Uning yelkalari keng, sochlari oppoq va xuddi yosh bolaniki kabi beg'ubor cheh-rali inson edi va yigirma yilga yoshroq go'rinardi. U yigitni quchoq ochib kutib oldi va uzoq kutgan do'stiday bag'riga bosib ko'rishdi. Yigitcha o'zini qanday tutishni bilmasdi. U mutlaqo notanish kishilar bilan quchoqlashishga odatlanmagan edi; to'g'risini aytganda, u hech kimni, hatto o'zining yaqin qarindoshlarini ham quchishga odatlanmagandi. Salomlashish odatda qo'l siqib ko'rishish bilan chegaralanardi.
-  Siz qariya bilan kecha ko'rishdingizmi? - dedi doktor Pachia, yigitni o'tirishga taklif etarkan.- Xo'sh, uning ahvollari qanday? - so'radi u.
-  Menimcha, juda zo'r, - javob berdi yigitcha o'tirarkan. - U kim o'zi? Qaydan kelgan?
-  Men ham sizdan ortiq bilmayman. U bilan faqat bir marta ko'rishganman va bunga o'ttiz yildan ko'proq vaqt bo'ldi. Lekin u mening daxr berish va hayotga munosabatimni butkul o'zgartirdi.
Men uni dorilfununda dars bera boshlagan chog'imdan ko'p o'tmay uchratganman. O'shanda meni beshinchi kursdagilarning oltita guruhiga rahbax etib tayinlashgandi. Semestr boshlanganidan uch oy o'tib, talaba qizlarning biri ko'rinmayotganini payqadim. U kelishgan, quvnoq, idrokli yoshgina qizcha edi hamda uning ishlarida nozik hissiyotlari namoyon bo'lardi. U darslarga ikki haftacha kel-madi; yonida o'tiradigah talabalardan qizning qayerdaligini so'radim. Ishonasizmi, ular bu haqda bilmasliklari bir sari, bundan hatto xavotirga ham tushmagandilar. Hatto qizning ismini ham bilishmasdi!
O'shakuni darslardan keyin ma'murning huzuriga borib, talaba qizning qayerdaligi va nima uchun darslarga kelmayotganini aniqlamoqchi bo'ldim "Kechirasiz, siz bilasiz deb o'ylabman"  - dedi ma'mur meni chetga tortarkan. U meni o'z xonasiqa boshlab kirdi va talaba qiz ikki hafta oldin o'z joniga qasd qilganini bildirdi. Bu ajoyib yoshgina qiz o'n qavatli uyning tomidan sakrabdi.
Men qabulxonada yangilikdan karaxt bo'lib o'tirarkanman, shunday qobiliyatli tolibani o'z joniga tajovuz etishga nima majbur etdi, deya o'zimga savol berardim. Qanchalik uzoq o'tirganimni bilmayman, yonimda birov borligini sezdim.
-  Kim ekan? - so'zini bo'lib so'radi yigit.
-  Keksa xitoylik, - dedi doktor Pachia. - U nimadan bezovtalanayotganimni so'radi. Men voqeani so'zlab berdim. U bir necha soniya jim qoldi va men tomon o'girilib, men hech qachon unutolmaydigan gapni aytdi:
"Bilasizmi, - dedi u, - biz talabalarni o'qish, yozish, qo'shish va ayirishga o'rgatamiz, bizga yaxshi ta'lim asosi bo'lib tuyuladigan narsalardan saboq beramiz-u, lekin eng asosiy narsaga... qanday sevishga mutloq e'tibor bermaymiz".
Uning so'zlari men uchun momaqaldiroqday ta'sir etdi. Uni ichki sezgi bilan his qilardim, lekin so'z bilan ifodalolmasdim. Biz muhabbat va hayot haqida so'zlashdik va bu qariyadan Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida - o'z umringiz va atrofdagilar hayotiga muhabbat kiritishga yordamlashuvchi o'nta abadiy tamoyillar haqida ilk bor eshitdim.
- Bu "sirlar" rostdan yordam berishiga ishonasizmi? - uning so'zini bo'ldi yigitcha.
- Ha, ular menga yordam berdi va yuzlab
shogirdlarimga ham ular ko'maklashganini hammalari tasdiqlashi mumkin, - tushuntirdi doktor
Pachia.
- Go'yo aql bovar qilmaydiganday tuyiladi,
ammo bular amalga oshsa haddan ziyod yaxshi,
- dedi yigitcha. - Agar bu shunchalar oddiy bo'lsa,
nima uchun barcha insonlar ulardan foydalanmaydilar?
- Bu yaxshi savol, - javob berdi doktor Pachia.- Har bir kishining qalb tubida hammadan ko'proq muhabbat istagi bor, lekin biz, ehtimol, bu haqda shunchaki unutamiz. Biz boshqa maqsadlar - lavozim egallash, pul va boylikka erishish uchun yo'ldan og'ib ketamiz. Biz orom olish va ko'ngilxushliklarga intilamiz va umrimizdagi eng muhim narsalarni nazardan qochiramiz - muhabbatdan muhimroq nima bo'lishi mumkin?
Yigitcha yondaftarchasiga nimalarnidir yozardi, doktor Pachia esa so'zlashda davom etardi.
-  Keksa xitoylik ketishdan awal o'nta ism va telefon raqamlari yozilgan bir varaq qog'oz berdi Keyingi bir necha hafta davomida bu odamlarning har biri bilan uchrashdim va ular menga muhabbatga to'liq hayotning oddiy, amaliy uslublarini o'rgatishdi. Bu usullar ko'magida uzoq muddatli, sevgiga to'la munosabatlar qurishni o'rganish mumkin. Haqiqiy Muhabbatning o'nta sirining barchasi birday muhim, lekin ulardan hayotimga eng ko'p ta'sir ko'rsatgani... fikr quvvati bo'ldi.
- Fikr? - takrorladi yigit.
- Ha. Bu oddiy, lekin bahslashib bo'lmaydigan fakt: biz nima haqda o'ylasak, shunday bo'lamiz. Agar fikrlaringiz johilona bo'lsa - siz jahl girdobidasiz, agar fikrlaringiz shodon bo'lsa - shodlik hissini tuyasiz, agar fikrlaringiz baxtli bo'lsa - baxt tuyg'usini his qilasiz... va mabodo fikrlaringiz muqabbatga to'la bo'lsa - muhabbatni his qilasiz Fikrlaringizni o'zgartirsangiz, hissiyotlaringizni o'zgartirasiz. Bu juda oddiy.
Yigitcha qoshlarini chimirdi.
-  Buni gapirish oson, lekin amalga oshirish bunchalik yengil bo'lmasa kerak.
-  Siz haqsiz, bu doim ham oson emas, aynan shu bois shunday naql bor. "Shaharni yenggan kishi buyukdir, lekin o'zini yenggan kishi haqiqatda buyukdir". Lekin buning imkoni bor. Biz hammamiz o'z fikrlarimizni tanlaymiz, lekin bolalik chog'imizdanoq bizni noto'g'ri fikrlarni tanlashga o'rgatishgan. Bizni o'zgalarni qoralashga, bizdan farqi bor insonlarga avvaldan ahd qilingan yanglish munosabatda bo'lishga o'rgatishgan. Bolalarni dindagi yoki tanasining rangidagi farq qiziqtirmaydi, ular shunchaki odamlarni ko'radilar. Bolani suying va bola ham sizni suyadi, chunki bunda kishilar tabiatiga xos bir-birini sevishday jihat bor. Muammo shundaki, bolaning muhabbatni idrok qilishi asosan, uning ota-onasi tomonidan belgilanadi.
- Nimani nazarda tutmoqdasiz?- so'radi yigitcha.
-  Axir, ota-onalar o'zaro va farzandlari bilan qanday munosabatda bo'lishlari bolaning muhabbatni idrok etishining asosini yaratadi. Agar bolalarga doimo baqirib va urib tursalar, ular muqarrar ravishda o'zgalarga baqirish va uni urish yaxshi ko'rgan kishilar yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xulq ekan, deb hisoblaydilar. Mana shu sababdan ham ko'pincha muhabbat aslida nimaligi va o'zgalarga muhabbat bilan munosabat qanday bo'lishini qayta o'rganish darkor. Muhabbat xususidagi o'z qarashlari va tamoyillarini o'zgartirmoq darkor.
- Lekin yillar davomida tarbiyalangan narsani
qanday o'zgartirish mumkin?
- O'z tamoyil va qarashlaringizni, ya'ni o'z fikrlaringizni ham pozitiv tasdiq (affirmatsiyalar) ko'magida o'zgartirishdan boshlash kerak.
-  Pozitiv tasdiq deganingiz nima?
-  Pozitiv tasdiq - bu siz shakllantirgan va ovozingizni chiqarib yoki ichingizda aytadigan gapingiz, agar u yetarli darajada tez-tez takrorlanaversa, fikrlaringiz va qarashlaringizni o'zgartiradi. Masalan, agar bardavom sevgi munosabatlarini qurolmasangiz, quyidagi tasdiqlardan boshlashingiz mumkin: "Men boshqalarni sevib, o'z hayotim muhabbatini yaratmoqdaman. Bugun kimniki uchratsam, ularning har biriga mehrli munosabatda bo'laman".
"Muhabbatga to'liq munosabatlar menda oson paydo bo'ladi". Yoki: "Men umrimning muhabbatini yaratishga qodirman".
Agar risoladagi juft yoki yaqin do'stingizni topishingizga ishonmasangiz, "Mening risolamdagi juftim hayotimda kerakli zamon va makonda paydo bo'ladi", - deyishingiz mumkin.
Affirmatsiyalar o'yfikrlar va ong ortidagi qarashlarni o'zgartiradi, fikrlar harakatlarni belgilaydi, harakatlarni xulq-atvor shakllantiradi, xulq-atvor esa taqdirni belgilaydi.
-  Pozitiv tasdiqni harakatga keltirish uchun uni qanchamuddat davomida takroriashdaikor? -so'radi yigitcha bunday usulga qiziqib qolib.
-  Imkon qadar tez-tez. Ayrim kishilar hatto bu tasdiqlarni yozib oladilar va ko'rinarli joylarga, masalan, avtomobillari yoki muzlatgich eshigiga doimo ko'rib turish va o'qish maqsadida ilib qo'yadilar. Kuniga eng kamida uch bor: ertalab uyg`ongan zahoti, kunduzi va kechqurun uyquga yotish oldidan bir martadan takrorlagan ma'qul.
-  Shunday qilib, fikrlarni o'zgartirish uchun faqat tasdiqlarni takrorlash zarurmi? - so'radi yigitcha.
-  Yo'q. Tasdiqlar ong ortidagi qarashlarni o'zgartirishga yordamlashadi, lekin shu bilan birga, siz muhabbat nimaligi va birovni sevish qandayligini anglab, farqlab olishingiz zarur. Bu juda ravshan tuyulsada, tajribam ko'rsatishicha, ancha kam kishilar bunga e'tibor beradilar. Masalan, shu savolga siz qanday javob berardingiz?
Yigitcha dovdirab qoldi.
-  Himm... anavi... qanday aytsam... birovni sevish - u haqda qayg'urish, unga zarur paytda yonida bo'lish, unga yordam berish demakdir.
-  Juda soz, - dedi doktor Pachia. - Boshqacha so'z bilan aytganda, uning uchun eng ko'p yaxshiliklardan kelib chiqqan holda harakat qilish. Lekin agar avval unga nima zarurligi to'g'risida o'ylab olmasangiz, birov haqida shunday qayg'urib, unga yordam bera olasizmi?
- Yo'q. Hoynahoy, yo'q.
-  Demak, agar biz kimnidir yoki nimanidir sevishni istasak, avvalo eng asosiysi, u haqda o'ylash hamda ehtiyoj va istaklarini hisobga olishimiz kerak.
-  Ish boshlagan chog'imda, - deya gapini davom ettirdi doktor Pachia, - soddaligim bois muallimlar o'z fanidan: matematika, fizika, geografiya yoki sotsiologiya bo'ladimi, saboq berishlari kerak, deb hisobiardim, lekin tez fursatda shuni bilib oldimki, yaxshi o'qituvchi biror fandan dars bermaydi balki ularni o'rgatadi. Har bir talabaning o'ziga yarasha talablari, o'z darajasi, tushunish usullari bor, yaxshi muallim bularni hisobga oladi, aks holda talabalar zerikadilar va ularning ixlosi qaytadi. Xuddi shular umrga ham taalluqli: agar haqiqiy sevgi munosabatlarini istasang, boshqa insonlar nimaga ehtiyojmandligini hisobga olish darkor. Bunday qilish uchun esa    ular o'rniga o'zingni qo'yishing, olamga ular nuqtai nazari bilan qarashing kerak. Masalan: ko'plar o'zlarini muhabbatsiz munosabatlar tuzog'iga tushgandek his qiladilar va juftlari ularni sevmasligidan shikoyat qiladilar, lekin agar inson o'zidan: "Nima sababdan men uchun u yoki bu ishni qilmayapti?" - deb emas, "Juftim uchun nima qilishim mumkin?" - deb so'rasa, jufti uni sevishini darhol sezadi va bu insonni yanada ko'proq yaxshi ko'radi.
-  Bilasizmi, - so'zini davom ettirdi doktor Pachia, - hammasi o'ylaringizdan boshlanadi - muhabbatga to'liq fikr-o'ylar muhabbatga to'la ishlar va muhabbatga to'la kechinmalar sari yetaklaydi.
-  Ha, lekin bir muammo bor, - dedi yigitcha.- Fikru o'ylar mehrli munosabatlarni topolmaydilar va yaratolmaydilar.
- Hoynahoy, ajablanarsiz, - javob berdi doktor Pachia, - lekin aynan shuning aksi, sizning fikru xayollaringiz nafaqat bunday munosabatlarni topishda ko'maklashadi, balki orzuingizdagi ayol hayotingizda paydo bo'lgan chog'da, uni tanib olishingizga ham yordamlashadi.
Buning qanday imkoni borligini tushunolmayapman, - dedi yigit.
- Axir har bir odam abadiy davom etuvchi o'sha o'zgacha muhabbatni topish umididadir, shundaymi?
Yigit bosh irg'adi.
- Xo'sh, o'sha yagona o'zgacha muhabbatingiz kim o'zi?
-  Bilmayman. Muammo ana shunda, - dedi yigit. - Shunaqa suyukligim yo'q.
- Bor, - javob berdi doktor Pachia, - ishontirib aytaman, bor. Shunchaki, siz uni hali uchratmadingiz. Muammo boshqa joyda: xo'sh, aytingchi, bu qiz hayotingizda uchrab qolsa, uni qanday taniysiz?
- Umuman, uchrashgan kishing senga atalganini qanday bilish mumkin? - dedi yigit.
- Men biladigan yagona ishonchli usul, - dedi doktor Pachia, - uni uchratishdan avvalroq risolangdagi odam kimligini bilishdir. Buni bilishning yagona usuli esa, insondagi qanday sifatlar senga ma'qulligi to'g'risida o'ylab ko'rishdir.
- Aynan qanday sifatlar to'g'risida gapirayapsiz? - so'radi yigit
- Jismoniy, aqliy, hissiy va ruhiy sifatlar. Masalan: u sariqmi yoki qora sochli bo'ladimi? Baland yoki past bo'ylimi? Ko'zlari qanday rangda yoki, ehtimol, uning jismoniy sifatlari unchalik muhim emasdir? Uning ishi, yoqtirgan faoliyati, qiziqishlari qanday bo'lishi mumkin? Uning aniq ruhiy e'tiqodi bo'lgani ma'qulmi? Uning mizoji qanday u jo'shqin yoki sokin bo'ladimi? Aqlli bo'lishi kerakmi?
-  Aslida bu haqda unchalik o'ylamagandim ham,- tan oldi yigitcha. - Rostdan ham bular shunchalik muhimmi?
- Albatta, - fikrini tasdiqladi doktor Pachia.- Basharti kim bilan umrguzaronlik qilishm o'zingiz bilmasangiz, u paydo bo'lganida qanday tanimoqchisiz?
-  Axir, uchrashgan zahoti bu o'sha yoki u emasligi darhol ayon bo'lmaydimi? - e'tiroz bildirdi yigitcha.
- Balki bu kimlargadir tushunarlidir, - dedi
doktor Pachia, - lekin hatto shunday odam ham o'zi orzu qilgan juftining qandaydir xayoliy siymosini avvaldan yaratib qo'yadi. Bunday juftning fazilatlari to'g'risida o'ylab ko'rilmasa, jinsiy joziba, ko'ngil-xushlik yoki yolg'izlikdan qo'rquv tufayli adashib qolish oson va oqibatda u siz izlagan odam bo'lib chiqmasligi mumkin.
Masalan, juftingiz jonivorlarni yoqtirishi siz uchun muhim bo'lishi mumkin. Siz birovni uchratasiz, u birinchi nigohdayoq sizga yoqadi, lekin tez orada u jonivorlarni yomon ko'rishi ma'lum bo'ladi. O'shanda unga nisbatan qanchalik jinsiy maylingiz bo'lmasin, u risolangizdagi ayol emasligini.bilasiz.
Bilasizmi, muhabbat ko'r emas, shahvoniy nafs va jinsiy mayl ko'r; mabodo juftingizdan nimani talab etishingiz haqida o'ylab ko'rmasangiz, o'zingizga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan inson bilan osonlikcha birga qolishingiz mumkin. Boshqa tomondan, agar birgalikdagi umrguzaronlik qiluvchi kishining siymosini yaratsangiz, uni uchratgan chog'ingizda tanib olish imkoningiz oshadi.
Lekin, hoynahoy, xayoldagi bunday juft siymosining belgilangan cheklashlari ham bo'lsa kerak? so'radi yigit. - Demoqchimanki, aynan risoladagidek juitni uchratish haqiqatga to'g'ri keladimi?
Doktor Pachia kulimsiradi. - Bu umuman real emas... bu muqarrar! Fikr quvvatining ma'nisi ham shunda - nimanidir yoki kimnidir hayotingizga jalb etish uchun, avvalo, u siz bilan birgaligini xayol qilishingiz kerak. Albatta, risoladagi juftingiz ta'rifidagi ayrim sifatlar unchalik muhim bo'lmasligi mumkin, lekin uning xayoliy siymosini yaratish sizga haqiqatda qanday fazilatlar zarurligini o'ylay boshlashingizga imkon beradi.
Bu universamdagi haridingizga o'xshaydi. Agar
nimani xohlashingizni yoki nimani sotib olish
muhimligini bilmasangiz, reklama osongina ta'sir
qilishi mumkin va ehtimol, o'zingizga keraksiz
buyumni sotib olasiz. Uyingizga bironta muhim
buyumsiz qaytishingiz mumkin. Lekin, agar avvaldan nimani istashingizni bilsangiz, to'g'ri kerakli
bo'limga kirib borib, uni harid qilasiz. O'zaro
munosabatlarda ham xuddi shunday bo'ladi; agar
insondagi senga ma'qul fazilatlar haqida o'ylamay
umr kechirsang, senga jismoniy yoki jinsiy jozibadorlik ta'sir ko'rsatishi mumkin va faqat keyinroq,
mayllar so'ligan chog'da, tanlagan juftingda sen
uchun muhim bo'lgan birorta sifat yo'qligini bilib
qolasan.
Lekin agar juftingda istagingdagi sifatlari to'g'risida o'ylab ko'rganingda, uni uchratganingda tanib olishingga imkoniyatlaring ko'proq bo'ladi.
Yigitcha yon daftarchasiga nimalarnidir yozardi, doktor Pachia so'zini davom etardi.
- Hayotda va o'zaro munosabatlarda muhabbat
kurashga aylanmasligi kerak; to'g'ri, uning ustida  
ishlash zarur - agar muhabbatni istasang, uni
yaratish kerak. Nazarimda, Haqiqiy Muhabbat
sirlarining butun mohiyati aynan ana shunda; ularning barchasi sevgini yaratish uchun o'sha muhim
narsalar ustida ish olib borish zarurligini eslatadilar.
- To'g'ri fikrlarni tanlash - shu narsalardan
birimi?
- Xuddi shunday! Sevish va sevilish layoqati, davomli haqiqiy sevgi munosabatlarini yaratish va risolangdagi juftni o'zingga jalb etish - bularning barchasi fikrlash quvvatidan boshlanadi.
Yigit doktor Pachia bilan uchrashganda yozgan yozuvlarini yakunladi.

   Haqiqiy Muhabbatning birmchi siri - fikr quvvati.

* Muhabbat fikrdan boshlanadi.
* Biz nima haqda o'ylasak, shunday bo lamiz.
* Muhabbatga to'liq fikrlar muhabbatga to'la hayot va sevgiga limmo-lim munosabatlarni yaratadi.
* Pozitiv tasdiqlar o'zimiz va o'zgalar to'g'risidagi qarashlarimiz va fikrlarimizni o'zgartirib yuborishi
mumkin
* Agar birovni sevmoqchi bo'lsang, uning ehtiyojlari va istaklarini hisobga olmog'ing kerak.
* Risolangdagi juft haqidagi fikrlar uni uchratgan chog'ingda tanishga yordam beradi.
Yigit o'zining risolasidagi jufti - uning tashqi ko'rinishi, shaxsi, nimani yoqtirishiyu yoqtirmasligi, e'tiqodlari qanday bo'lishi mumkinligini xayoliga keltira boshladi. U ko'zlarini yumganida aniq siymo namoyon bo'ldi; u nihoyatda jozibador edi, bo'yi o'zidan xiyol pastroq, tilla-jigarrang sochlari yelkasiga tushgan, yirik yashil ko'zli va maftunkor tabassumli qiz. U garchi unchalik jiddiy bo'lmasada, aqlli, muloyim va rahmdil edi. U jonivorlarni suyar, tevarak muhit haqida qayg'urar va hayotning oddiy quvonchlarini yoqtirardi, masalan, o'rmonda sayr qilish hamda qishning sovuq kunlarida gulxan yonida o'tirishni suyardi.
Yigit bu sifatlarni qog'ozga yozdi. Stulga suyangamcha yozganini yana qayta o'qib chiqdi.
Himm, - to'ng'illadi u, - qaniydi endi faqat... - u varaqni taxladi va kitob javoniqa ohista qo`ydi.